Jahon | 19:13 / 08.08.2018
6360
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: muxolifatchi va sobiq mahbus Maduroga suiqasdni kimlar tashkil etganini so‘zlab berdi

Foto: REUTERS/Carlos Julio Martinez

Venesuela shahar politsiyasining sobiq rahbari va muxolifatchi faol Salvatore Lukkeze Reuters agentligiga Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga hujum qanday tashkil etilganini so‘zlab berdi.

 «Bizda maqsad bor edi va ayni paytda uni yuz foiz amalga oshira olmadik. Qurolli kurash davom etadi», — dedi Lukkeze.

Lukkeze agentlikka Nikolas Maduro nutq so‘zlaydigan joyda uchuvchisiz uchar qurilmalarni uchirish operatsiyasini tashkillashtirishga yordam berganini aytdi. Lukkezening aytishicha, Venesuela rahbariga suiqasd mamlakatda «Qarshilik» deb nomlanuvchi jangarilar guruhi bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

Lukkeze ushbu operatsiyada qanday rolni bajarganligini aytishdan bosh tortdi.

«Qarshilik» guruhi faollar, talabalar va sobiq ofitserlarni birlashtirgan. Tashkilot keyingi yillarda qator norozilik namoyishlari uyushtirmoqda.

Agentlikning ta'kidlashicha, Lukkeze ilgari qamalgan bo‘lib, 2015 yilda ozodlikka chiqqan. Ungacha esa San-Diyego shahri politsiyasi rahbari bo‘lib ishlagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid