Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanidagi «Erkin market» yonib ketdi
Shu yilning 7 avgust kunidan 8 avgust kuniga o‘tar kechasi soat 3:30da Toshkent shahar IIBB YoXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga «Erkin market» oziq-ovqat magazinida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan ushbu do‘konga o‘t o‘chirish guruhi qisqa vaqtda yetib bordi va yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rildi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39da yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.
Mavzuga oid
09:35
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026