Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra yo‘llarda «Diqqat radar!» belgisi o‘rnatilmoqda
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga binoan shahar yo‘llarida «Diqqat radar!» belgisi o‘rnatilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
“Shu sababli sizdan yo‘llarda diqqatli bo‘lishni va ushbu belgini inkor etmaslikni so‘raymiz. Zero, ushbu belgilar ostidagi hududlarda statsionar yoki mobil radarlar o‘rnatilganini unutmang”, - deyiladi xabarda.
Mazkur qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me'yordan yuqori bo‘lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini «O‘zbekiston pochtasi» Toshkent shahar filialining ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga esa bu haqda pochta orqali ma'lumot yuboriladi.
Bu esa qoidabuzar va YPX xodimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo‘yadi.
“Shu munosabat bilan barcha haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilishga chaqiramiz. Hayotingizni tahlikada qoldirmang! Shoshilish, sizni o‘zingiz istamagan «manzilga» olib borishi mumkin!” - deya yakunlangan IIBB xabari.
Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026