10:17 / 08.08.2018
5762

Toshkent shahri bozorlarida tarozilar yetishmayotgani ma'lum bo‘ldi

“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan iste'molchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida poytaxtdagi dehqon bozorlarida qo‘llanilayotgan tosh va tarozilarning bugungi holati tanqidiy o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida ayni kunda Toshkent shahri bozorlarida 1003 dona xususiy tarozilardan foydalanilmoqda.

Dehqon bozorlarida jami 2305 dona tarozi yetishmasligi ma'lum bo‘ldi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida belgilangan rejaga asosan, poytaxtdagi 13 ta bozorlarni 964 dona zamonaviy elektron tarozilar bilan ta'minlash kerak edi. Ming afsuski mazkur reja bor-yo‘g‘i 59 foizga bajarilgan, hammasi bo‘lib 570 dona tarozi xarid qilingan.

“Aviasozlar” bozorida 95 dona, “Askiya” bozorida esa 36 dona, “Chilonzor” dehqon bozorida 42 dona, “Navro‘z” bozorida 118 dona, “Oloy” bozorida 33 dona, “Sirg‘ali” bozorida 87 dona, “Farhod” dehqon bozorida 218 dona, “Eski juva”da 142 dona, “Yunusobod” 81 dona, “Qo‘ylik” bozorida 119 dona, “Qora-qamish” bozorida esa 32 dona tarozilarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.

Top