Jahon | 20:56 / 09.08.2018
20796
2 daqiqa o‘qiladi

BBC History Magazine tarixga eng katta ta'sir ko‘rsatgan ayollar reytingini e'lon qildi

Foto: Flickr/Tekniska museet

BBC History Magazine dunyo tarixiga eng katta ta'sir ko‘rsatgan ayollar reytingini e'lon qildi. Reytingda birinchi o‘ringa fizik va kimyogar olima Mariya Sklodovskaya-Kyuri (1867–1934) loyiq ko‘rildi.  

— U fizika bo‘yicha Nobel mukofotini olgan, Parij universiteti professorligiga erishgan  birinchi ayol bo‘lgan va ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘lgan,— dedi Britaniya fan tarixi jamiyati prezidenti Patrisiya Fara.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida AQSh kongressi tomonidan "inson huquqlari zamonaviy harakatining onasi" deb e'tirof etilgan amerikalik huquq himoyachisi Roza Parks (1913–2005) joylashdi. Uchinchi o‘rinni britaniyalik sufrajistlar harakati (ayollarning saylov huquqlari uchun kurashuvchilar)  yetakchisi Emmelin Pankxyorst (1858–1928) egalladi.

Britaniyalik matematik va yozuvchi Ada Lavleys (1815–1852) to‘rtinchi, britaniyalik biofizik va rentgenograf Rozalind Franklin (1920–1958) beshinchi, Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher (1925–2013) oltinchi o‘ringa joylashdi.

Mavzuga oid