Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektoridan Isroil hududiga taxminan 150ta raketa uchirildi
Foto: Amir Cohen / Reuters
Falastinlik jangarilar chorshanba kuni kechki soatlardan Isroil janubiga qarata taxminan 150ta raketa uchirdi, ular 25tasi tutib olindi, deb xabar bermoqda Isroil armiyasi matbuot xizmati.
"G‘azo sektoridan Isroil hududiga qarata taxminan 80ta raketa qurilmasi ishga tushirilgani qayd etildi. “Temir gumbaz” havo mudofaasi tizimi ulardan 14tasini tutib oldi", - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, raketalar taxminan besh soat ichida uchirilgan. Avvalroq, G‘azo sektoridan Isroil hududiga taxminan 70ta raketa uchirilgani qayd etilgandi.
Isroil armiyasidan qo‘shimcha qilishlaricha, raketalarning aksariyat qismi bo‘sh yotgan yerlarga qulagan.
Bunga javoban Isroil aviatsiyasi anklavda jangarilarning yuzdan ortiq obektlarini bombardimon qildi - ularning shtablari, arsenallari, yer osti tunellari va mashg‘ulot lagerlari. Mahalliy tibbiyot xodimlari va OAV ma'lumotiga ko‘ra, bombardimonlar oqibatida uch nafar falastinlik halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
08:49 / 21.05.2026
Isroil vazirining videosi YeI va AQSh tanqidiga uchradi
21:32 / 20.05.2026