«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ yarim yillik faoliyati sarhisobi
«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJda 3 avgust kuni ijro etuvchi,boshqaruv organining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda kompaniyaning 2018 yil I-yarim yillik faoliyati yakunlari muhokama etildi.
Tadbirda kompaniya hududiy bo‘linmalari rahbarlarining joriy yilning 6 oyida kompaniya moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi prognoz ko‘rsatkichlariningbajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.
2018 yil I-yarim yillik yakunlari bo‘yicha kompaniya faoliyatining natijalari tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilib, sug‘urta faoliyatini kelgusida yanada takomillashtirish yo‘llari belgilab olindi, kompaniya ish rejalariga zarur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ 2018 yil 6 oyda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va qonunchilik hujjatlari talablari hamdaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktabrdagi PQ-3317-sonli «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar asosida amalga oshirdi.
2018 yil I yarim yillikda kompaniya oldiga 55,9mlrd. so‘mlik reja belgilangan bo‘lsa, amalda 58,1 mlrd. so‘m sug‘urta mukofotlari tushumi ta'minlandi, reja 104,0 foizga bajarildi, yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,6 foizga yoki 17,9 mlrd. so‘mga oshdi.
Hisobot davrida 453,6 mingta sug‘urta shartnomalari imzolandi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 93,9 mingtaga yoki 126,1 foizga oshganini kuzatishimiz mumkin.
Alohida qayd etish joizki, kompaniya majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda sug‘urta bozorida peshqadamlardan hisoblanadi. Xususan, 2018 yil 6 oy yakunlariga ko‘ra,transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 12,4 mlrd. so‘m sug‘urta mukofotlarini jamlashga erishdi va ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida 2-o‘rinni egalladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha ham keng ko‘lamli va salmoqli ishlar amalga oshirilishi natijasida hisobot davrida kompaniya tomonidan 10,8 mlrd. so‘m sug‘urta mukofotlari jamlandi va ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida kompaniyamiz 1-o‘rinni egalladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha kompaniya tomonidan 750,0 mln. so‘m sug‘urta mukofotlari jamlandi va ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida ham kompaniyamiz 1-o‘rinni egalladi.
2018 yilning I yarim yilligida 5 ta yangi sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqildi.Mavjud sug‘urta turlari takomillashtirildi. Bular:
- Menejyerlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish;
- Bojxona to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha bojxona tashuvchilarining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish;
- Aholi mol-mulkini sug‘urtalashning yangi shakli;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha ishlash maqsadida chiqayotgan fuqarolarni sug‘urta qilish;
Turistlarni sug‘urta qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3584-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida kompaniya tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida tashkil etilgan temir yo‘l va aviachiptalar sotishga ixtisoslashtirilgan 14 ta maxsus kassalarda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish joylari tashkil etildi, hisobot davrida 2 415 fuqaroga sug‘urta polislari taqdim etildi.
2018 yil I yarim yillikda yuzaga kelgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha 4180 ta da'vo arizalari kelib tushdi, amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari hajmi 14,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu o‘rta hisobda kuniga 30-32 ta sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilganligidan dalolat bermoqda. To‘lovlarning asosiy qismi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish hamda ixtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri kelmoqda. Sug‘urta qoplamalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 mlrd. so‘mga oshdi. Kompaniya o‘rta hisobda kuniga 130,0 mln. so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lamoqda.
2018 yil 1 iyul holatiga kompaniyaning ustav kapitali o‘tgan yilga nisbatan 1,2mlrd so‘mga oshib, 32,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Umumiy aktivlar hajmi 122,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 126,3 foizga yoki 25,5 mlrd. so‘mga oshdi.
Kompaniyaning umumiy investitsiyalari hajmi 45,3 mlrd. so‘mni, shakllantirilgan zaxiralari hajmi 73,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2018 yil I yarim yillikda 900,1 mln. so‘m sof foyda olindi.
Hisobot davrida 15 ta yangi bo‘linmalar tashkil etilib, jami bo‘linmalar soni 215 taga yetkazildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Shumanay vaQorazak sug‘urta markazlari, Andijon viloyatida “Innovatsion” va Chinobod sug‘urta markazlari, Jizzax viloyatida “Industrial” sug‘urta markazi, Navoiy viloyatida Navbahor tuman sug‘urta markazi, Sirdaryo viloyatida Boyovut tuman sug‘urta markazi, Toshkent viloyatida Yuqori Chirchiq tuman sug‘urta markazi, Farg‘ona viloyatida “Vodiy” sug‘urta markazi, Xorazm viloyatida “Mustaqillik” sug‘urta markazi, Toshkent shahrida “Taraqqiyot, “Yoshlar”, “Amaliyot”, “Yakkasaroy” va “Mirobod” sug‘urta markazlari tashkil etilib ish boshladi.
O‘tgan yarim yillikda 85 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shu bilan birga, aholiga sug‘urta xizmatlarini yanada kengroq va tezroq yetkazish maqsadida sug‘urta agentlari soni oshirildi. Kompaniyada joriy yilning boshlanishida 1828 ta sug‘urta agenti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1 iyul holatiga 3899 ta sug‘urta agenti bilan hamkorlik olib borilmoqda. Yarim yilda 2071 ta sug‘urta agenti kompaniyamizga jalb etilgan.
Kompaniyada «Dispetcherlik xizmati» muntazam ravishda faoliyat olib bormoqda. Ushbu xizmat operatorlari kunu-tun kompaniya mijozlari hamda boshqa shaxslardan kelib tushayotgan sug‘urta shartnomasini tuzish, sug‘urta xizmatlari, sug‘urta qoplamalarini amalga oshirish tartibi va boshqa savollar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga javob bermoqda.
2018 yil 1 yarim yillikda kompaniya tomonidan “Myassist” assistans xizmati faoliyati ishga tushirildi. Assistans xizmatining asosiy vazifalari – ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi bo‘yicha barcha murojaat va so‘rovlarni kunu-tun qabul qilish, tibbiy maslaxatlar, ambulator va statsionar yordam tashkil etish, sug‘urta hodisasi ro‘y bergan joyning o‘zida tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, sug‘urtalovchilarga axborot ko‘mak berish va hokazolarni bajarishdan iboratdir.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
17:41 / 11.07.2024
Raqobat qo‘mitasi “Inson” AJ sug‘urta tashkilotiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
10:31 / 30.05.2024
"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi
18:29 / 21.12.2023