Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tarsaki». Isroil Kolumbiyaning Falastin bo‘yicha qaroriga keskin munosabat bildirdi
Foto: REUTERS / Juan Medina
Isroilning Bogota shahridagi elchixonasi Kolumbiya hukumatining Falastinni tan olish haqidagi qarorini «tarsaki», deb hisoblanishini bildirdi. Isroil Tashqi ishlar vazirligining bayonoti tvitterdagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan.
E'lon qilingan bayonotga ko‘ra, Isroil elchixonasi Kolumbiyaning Falastinga nisbatan qarori va bu qarorning shaklidan «hayratga tushgan va chuqur afsusda».
«Gap sodiq ittifoqchiga nisbatan berilgan tarsaki haqida ketmoqda, bu mamlakatlarimiz va ularning yetakchilari o‘rtasidagi munosabatlar va yaqinlik darajasiga zid», - deyiladi postda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil olovli varraklar va sharlar tufayli G‘azo sektoriga hujum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:15
Financial Times: Trampning Tinchlik kengashi G‘azo sektori uchun steyblkoin yaratish g‘oyasini o‘rganmoqda
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026