Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda birdaniga 4 tumanning bosh soliqchilari o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining 2018 yil 8 avgustdagi buyrug‘iga asosan Toshkent shahrining to‘rtta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliq tayinlandi.
G‘iyos Mirvasilovich Do‘smuxammedov Toshkent shahar Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
G‘.Do‘smuxammedov 1968 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, iqtisodchi. 1999 yili Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
G‘.Do‘smuxammedov 2018 yil iyun oyidan buyon Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Ravshan Isakdjanovich Raimov Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
R.Raimov 1976 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, iqtisodchi–matematik. 1998 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1999 yilda Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yil oktabr oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shokirbek Sultonbekovich Isoqov Toshkent shahar Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sh.Isoqov 1962 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, iqtisodchi. 1986 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani davlat soliq inspeksiyasi savdo korxonalari va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini nazorat qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Sh.Isoqov 2017 yil aprel oyidan buyon Toshkent viloyati Chirchiq shahar davlat soliq boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Alovitdin Xusnitdinovich Inagamov Toshkent shahar Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Inagamov 1980 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 2009 yili Toshkent moliya institutini soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini Toshkent shahar Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi Buxgalteriya hisobi va ta'minoti bo‘limi 1–darajali hisobchi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman davlat soliq inspeksiyasi sho‘'ba boshlig‘i, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
A.Inagamov 2018 yil mart oyidan buyon Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026