19:34 / 10.08.2018
13906

BMT: Yamanda bolalarning halok bo‘lganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi

Foto: AP

Yamanda maktab avtobusiga berilgan aviazarba BMTda shokka sabab bo‘ldi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koalitsiyaning bolalar o‘limiga olib kelgan harakatlarini keskin qoraladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) ijrochi direktori Genriyetta For jang qilayotgan tomonlardan bolalarga hujumlarni to‘xtatishni talab qildi. Buni, uning so‘zlariga ko‘ra, hech qanday oqlab bo‘lmaydi.

«Bolalarga hujumlar mutlaqo qabul qilib bo‘lmas, - deya yozdi Genriyetta For bolalar o‘limi haqidagi xabarlarni eshitganidan so‘ng tvitterda. - Men aviazarbalar oqibatida hech narsada aybi bo‘lmagan bolalar qurbon bo‘lganidan dahshatga tushdim...» 

Fojia Sada shimoliy viloyatidagi Daxya shahrida yuz berdi. Bu paytda maktab avtobusi bozor yonidan o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi qurbonlarining aniq soni hali noma'lum, ammo dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 60dan ortiq kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odam jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Saudiya Arabistoniga Yamandagi hujum bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi

Top