AQSh Saudiya Arabistoniga Yamandagi hujum bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistonini Yamandagi hujumni tekshiruvdan o‘tkazishga chaqiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Yamanda sodir etilgan hujum natijasida fuqarolarning o‘limi haqidagi xabarlardan xavotirda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington Ar-Riyodni yuz bergan voqeani to‘liq va oshkora tekshirishga chaqiradi.
Nauertning ta'kidlashicha, AQSh Yamanda yuz bergan hujum oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga ta'ziya bildiradi.
Avvalroq, Yamanda ichida bolalar bo‘lgan avtobusga hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetgani xabar qilingandi.
Ta'kidlanishicha, hujum chog‘ida yana 77 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024