YeI Mey bilan Brexit bo‘yicha murosaga kelmoqchi - OAV
Yevropa ittifoqi (YeI) yetakchilari Brexit bo‘yicha murosaga kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar. U Buyuk Britaniyaga yagona tovarlar bozoriga kirish huquqini saqlab qoladi, biroq London o‘ziga YeI ekologik standartlari bo‘yicha majburiyatlar olishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Britaniyaning Daily Telegraph gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa yetakchilari sentabr oyida Avstriyaning Zaltsburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa ittifoqi sammitida o‘z qarorlarini e'lon qilishni rejalashtirmoqda.
Shunga qaramay, bitim London uchun ma'lum qiymatga ega bo‘ladi, deya ta'kidlaydi gazeta. Xususan, unga Buyuk Britaniya tomonidan YeIning bo‘lajak ekologik va ijtimoiy muhofaza choralarini amalga oshirish bo‘yicha talab kiritiladi.
Yevroittifoqning Brexit bo‘yicha muzokaralardagi vakili Mishel Barne avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning YeIdan chiqish bo‘yicha rejasini ish bermaydi, deb atagandi. Bundan tashqari, Yevropa komissiyasi britaniyaliklarning rejasiga izoh berishdan bosh tortdi, lekin a'zo davlatlar «buni muhokama qilishlari mumkin» ekanini inkor qilmadi.
Barnening bildirishicha, Buyuk Britaniya YeIda a'zolikning yagona bozorga kirish kabi jihatlarini «tanlashi mumkin emas», hamda boshqalarini, masalan, odamlarning erkin harakatlanishini rad eta olmaydi.
Biroq, YeI a'zolari Buyuk Britaniyaga yagona tovarlar bozori ichida qolish imkonini haqidagi masalani ko‘rib chiqmoqda. Bunda uning ekologik va ijtimoiy muhofaza sohasidagi Yevroittifoq standartlarini qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Uaytxolldagi (Birlashgan qirollik hukumati) manbalarning ma'lum qilishicha, kelajakda Brexit bo‘yicha YeI vakillari bilan muzokaralar ijobiy o‘tishini kutishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey Brexit bo‘yicha YeI bilan kelishuv muvaffaqiyatiga ishonayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:20 / 02.03.2024
Yevroittifoq kengashi Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
10:25 / 03.05.2023
O‘zbekistonda Yevropa kuni o‘tkaziladi
10:37 / 19.04.2023
Senat raisi Tanzila Norboyeva YeI vakillari bilan uchrashdi
21:36 / 20.12.2022