Toshkentda chet el valyutasida katta miqdorda pul o‘g‘irlandi. IIBB jami 6 kishi qo‘lga olinganini xabar qildi
Shu yilning 6 avgust kuni soat 21:30da 102 telefon raqamiga Yakkasaroydagi uyda o‘g‘rilik sodir etilgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
30 yoshli Gulnoza va uning hamrohi 20 yoshli Jamshidning so‘zlariga ko‘ra, ular uyda yo‘qligida ayolga tegishli uyning sotuvidan olingan 23 500 AQSh dollari o‘g‘irlangan. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Jabrlanuvchining ta'kidlashicha, Yakkasaroydagi uyni sotib, boshqa tumandan joy olishga uni Jamshid undagan. Shuning uchun ayolning yaqini sifatida Jamshid ham so‘roq qilindi. Jamshid o‘g‘rilikni fosh etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, haqiqatdan ham pulni o‘g‘irlash niyati bo‘lganini tan oldi. Shu maqsadda u 30 yoshli K.Azizga eshik kalitidan bir nusxa yasatib olgan va uyda hech kim yo‘qligida Azizning tanishi kelib pullarni o‘g‘irlashi kerak bo‘lgan. Biroq, Aziz Jamshiddan yashirib kalitdan yana bitta nusxa yasagan va rejadagi o‘g‘rilik sodir etilishidan oldin pullarni o‘zlashtirib olgan. Ya'ni o‘g‘rini qaroqchi urgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 6 kishi qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024