Sönggi uç oy içida Özbekistonda ikkita hodisa sodir böldi. Har ikkalasi ham aralaş yakkakuraş sport turi böyiça jangçilar bilan boğliq.

Avvalroq, aralaş yakkakuraş sport turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev Toşkent şahar prokuraturasi iltimosiga köra qamoqqa olingani xabar berilgandi. U Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida (Bezorilik: a) badanga örtaça oğir şikast yetkazib: b) bir guruh şaxslar tomonidan;) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ma'lumotlarga köra, Murod Xontörayev bir qator şaxslar bilan birgalikda 21 iyunga ötar keçasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgan. Uning özi tan jarohati (kökragiga piçoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-şahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgan.

Oradan deyarli bir yarim oy ötib, 9 avgustga ötar keçasi Toşkent şahrining Yunusobod tumani hududida joylaşgan Aurum 898 tungi klubida piçoqbozlik röy berdi.

Hodisa oqibatida erkin kuraşçi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamşid Kenjayev vafot etdi.

Ma'lumotlarga köra, Jamşid Kenjayev tungi klubi qöriqçilari bilan özaro janjallaşib, yonida bölgan oşxona piçoği bilan ularning ikki nafariga tan jarohati yetkazgan. Şundan söng voqea joyida bölgan «Aurum» tungi klubida qöriqlovçi yordamçi Ş.Qiliçov Kenjayevning qölidan oşxona piçoğini tortib olib, unga oğir tan jarohati yetkazgan. Jamşid Kenjayev Yunusobod tumanidagi 7-sonli ŞKŞga yotqizilib, tez tibbiy yordam körsatilsa-da, yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Şu örinda, bir qator savollar paydo böladi.

Birinçidan, jangçilar ruhiy barqarorlikka tayyorlanadimi. Katta ehtimol bilan, ularni «kuç bor - aql kerak emas» prinsipi böyiça tayyorlaşadi, muşaklar barça muammolarni hal qiladi.

Ikkinçidan, bu faktlar ommaviy axborot vositalarida rasman e'lon qilindi. Öz navbatida, bu kabi hodisalar haqida öz vaqtida xabar berib turgan tegişli huquq-tartibot idoralariga rahmat.

Işonavering, bunday hodisalar viloyatlarda ham tez-tez yuz berib turadi. Ba'zan qandaydir «razborka»lar haqida etişib qolamiz - boks böyiça mahalliy çempion kimnidir kaltaklagani yoki muştlaşuvda qatnaşgani haqida. Şu bilan birga, viloyat IIB ba'zi vakillari öz kursilarini yöqotib qöyişdan qörqib, sukut saqlaşni afzal körişadi.