Toşkent viloyati IIBB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, Toşkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida Murod Xontörayev amaldagi “Yöl harakati qoidalari”ning 3, 4, 73, 77 hamda 79-bandlari talablarini qöpol ravişda buzgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, marhum MMA jangçisi:

  • “Yöl harakati xavfsizligi töğrisida"gi qonun talablariga amal qilmagan;
  • yöl harakati qatnaşçilari, xususan, Gentra rusumli avtomaşina harakatlanişiga xavf tuğdirgan;
  • özi bilan bir yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomaşina orqasidan hamda çap tomonlama (beton tösiqqa nisbatan) xavfsiz oraliq masofa saqlamagan;
  • harakatlaniş vaqtida aniqlay olişi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelganda transport vositasining tezligini u töla töxtaşni ta’minlaydigan darajada kamaytirişi yoki tösiqni boşqa harakat qatnaşçilari uçun xavf tuğdirmagan holda aylanib ötiş çoralarini körmagan;
  • aholi punktlaridan taşqarida yengil avtomobilga ruxsat etilgan tezlikni soatiga 100 kilometrdan oşirgani natijasida faqat özi oğir tan jarohati olib vafot etgan.

Toşkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi xulosasiga köra, Murod Xontörayev YTH oqibatida vafot etgani, u bilan birga bölgan yoki YTHning boşqa iştirokçilariga örtaça, oğir jarohat yetmagani hamda ölim holati kuzatilmagani sababli sportçining özi aybdor deb topilgan. Şu munosabat bilan jinoyat işi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.

Eslatib ötamiz, 1987 yilda tuğilgan Murod Xontörayev 2021 yilning 19 iyul kuni özining boşqaruvidagi BMW avtomobilida avtohalokatga uçrab vafot etgandi. Hodisa Böstonliq tumani, Qoronqul qişloği hududidan ötgan 4R6 “Bektemir-Çorboğ” avtomobil yölining 68-kilometrida sodir bölgan.

Ölimidan oldin MMA jangçisi özi bilan bir yönalişda, oldinda harakatlanib ketayotgan Gentra rusumli avtomaşinaning orqa çap burçagiga töqnaşgan. Natijada sportçi boşqaruvni yöqotib, maşina ağdarilgan, haydovçi Murod Xontörayev olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgandi.

Avtomaşina old örindiğida bölgan yölovçi 1995 yilda tuğilgan Jasurbek Anarboyev ham YTH oqibatida jarohat olgan, biroq uning jarohati yengil bölib çiqqandi.

Xontörayev MMAdagi professional faoliyatini 2013 yilda boşlagan, xalqaro arenalarda natija körsatib, «Osiyo ayiği» laqabi bilan maşhur bölgan. U jami 15ta jang ötkazib, şundan 12tasida ğalaba qozongan, uçta jangda mağlub bölgan, yana bir jang natijasi bekor qilingan.