2018 yilning 26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgandi.

Keyinçalik, internetda MMA jangçisi Murod Xontörayevning ofisiga uyuştirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.

Xontörayevning piçoqlanişi bilan boğliq holatda qator şaxslar tergovga tortilgan. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Özbekiston Respublikasi Oliy sud matbuot xizmati vakili Aziz Obidovning Kun.uz’ga xabar berişiça, jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida sudlanuvçilar S. Akbarov (1990 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, vaqtinça işsiz, muqaddam sudlangan), I. Abdulahatov (1991 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, vaqtinça işsiz, muqaddam sudlangan), S. Fatxullayev (1991 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, vaqtinça işsiz, muqaddam sudlangan), O. Sadikov (1985 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan), J. Saynazarov (1988 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlanmagan), S. Vadenov (1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan) va T. Azizov (1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergaşev raisligida hamda xalq maslahatçilari B. Muslimov va M. Mirhamidovdan iborat sud tarkibida körib çiqildi.

Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, sudlanuvçilarni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi “ye”, “k” bandlarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi.