
19 iyul kuni özbekistonlik MMA jangçisi, Özbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xontörayev avtohalokatga uçrab, vafot etdi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB axborot xizmati rahbari Bobur Tölaganov xabar berdi.
U Toşkent viloyati Böstonliq tumanida öz boşqaruvidagi «BMW X5» avtomaşinasida avtohalokatga uçragan.
Mazkur YTH yuzasidan IIV Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi matbuot xizmati ham ma'lumot berdi.
«2021 yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toşkent viloyati, Böstonliq tumani hududidan ötuvçi 4R-12 avtomobil yölining 68-kilometrida bir yönalişda harakatlanib ketayotgan «Lacetti» hamda «BMW X5» rusumli avtomobillar iştirokida töqnaşuv sodir bölgan. Töqnaşuv oqibatida «BMW X5» rusumli avtomobil yöldan çiqib ketib ağdarilgan.
Natijada, «BMW X5» rusumli avtomobil haydovçisi, 1987 yilda tuğilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va uşbu avtomobil yölovçisi tan jarohati bilan şifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Böstonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi rasmiy xabarda.

Xontörayev 1987 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. U özining MMAdagi professional faoliyatini 2013 yilda boşlagan, xalqaro arenalarda natija körsatib, «Osiyo ayiği» laqabi bilan maşhur bölgan. U jami 15ta jang ötkazib, şundan 12tasida ğalaba qozongan, uçta jangda mağlub bölgan, yana bir jang natijasi bekor qilingan.











