Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
Germaniyada "Zokir Abdusattor bolalari" nomli xalqaro xayriya jamg‘armasi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur xayriya tashkiloti mamlakatimizdagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiyasini tashkil etish maqsadida tuzilgan.
Ushbu loyiha turizmga ixtisoslashgan Uzbekistan-online va Uzbekistan-Gallerie onlayn nashrlar rahbari, bavariyalik Gerxard Birkl va Germaniyadagi bir guruh vatandoshlar tashabbusi bilan TEZPARCEL logistik kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi. Jamg‘arma Frankfurt-Mayn shahrida yashagan va xayriya ishlari bilan tanilgan Zokir Abdusattor xotirasiga ochildi.
U o‘zbek bolalari uchun qator saxovatli loyihalarni amalga oshirgan, mazkur xayriya jamg‘armasi esa uning ezgu ishlarini davom ettirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, onkologik va nevrologik kasalliklarga chalingan bolalarga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Xususan, ADHS, ADS, autizm, ZPR va onkologik kasalliklarga duchor bo‘lgan bolalarni davolashda Germaniyadagi yetakchi mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Jamg‘arma o‘z oldiga bolalarni bepul tekshiruvdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash, mahalliy tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar hamda diagnostik apparatlar bilan ta’minlash, og‘ir kasallikka chalingan bolalar uchun Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish imkoniyatlarini yaratish kabi maqsadlarni qo‘ygan.
Tashkilot ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun umid va imkoniyat eshigini ochadi. Uning samarali faoliyati orqali kelajakda yanada ko‘p bolalar sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

13:43 / 15.04.2025