Turkiya hamkorlari bilan savdoni milliy valyutalarda olib borishga tayyor
Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an Riza shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda hamkorlari bilan savdoni milliy valyutalarda olib borishga tayyorligini bildirdi.
"Biz ikki tomonlama savdo hajmi eng ko‘p ulushni tashkil etadigan Xitoy, Rossiya, Eron, Ukraina bilan milliy valyutalarda hisob-kitob qilishga tayyorlanmoqdamiz, -deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltiradi Anadolu Ajansı. – Ammo agar Yevropa davlatlari dollar bosimidan ozod bo‘lishni istasa, ular bilan ham ana shunday tizimni yaratishga tayyormiz".
Erdo‘g‘an shuningdek, Anqara "dunyoga iqtisodiy urush e'lon qilinishi va qator mamlakatlar sanksiyalar kiritish tahdidi ostida qolishiga" toqat qilib turolmasligini bildirdi. U "dunyoda Turkiyaga nisbatan g‘animlarcha siyosat olib borib muvaffaqiyatga erishgan birorta siyosatchi va mamlakat yo‘qligini" eslatib o‘tdi. Prezident shuningdek, "turk xalqiga kimda-kim ozor beradigan bo‘lsa, buning uchun ertami-kechmi javob berishini" va'da qildi.
Tramp Turkiyadan keltiriladigan po‘lat va alyuminiyga nisbatan boj to‘lovi ikki marta - 20% va 50%ga oshirilishini ma'lum qilganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
Munosabatlar sovuqlashishining yana bir sababi esa amerikalik pastor Endryu Branson bo‘lib, u 2016 yilning oktabridan buyon Turkiyada hibsda saqlanmoqda. Branson Turkiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan FETOga yordam berish, shuningdek Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) ni qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024
Anqara yaqinidagi harbiy zavodga hujum qilganlar yo‘q qilindi
11:20 / 26.05.2024
Anqarada «Asrlar ta’mlari uchrashuvi: Yetti mintaqada turk oshxonasi» ko‘rgazmasi ochildi - fotolar
19:30 / 04.10.2023