Jamiyat | 10:20 / 12.08.2018
17630
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar IIBB MChJ rahbariga nisbatan noqonuniy tergov harakatlari olib borilayotgani haqidagi xabarga raddiya berdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB internet saytlaridan birida e'lon qilingan “BIO-FARM HAKIM” MChJ rahbariga nisbatan noqonuniy tergov harakatlari olib borilayotgani haqidagi xabarga raddiya berdi.

Ma'lum qilinishicha, R.Ochilova o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “BIO-FARM HAKIM” MChJ nomidan “GOODS WORK GROUP” MChJ o‘rtasida quritish uskunalarini yetkazib berishga oid 65 million so‘mlik qalbaki shartnomani imzolagan. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan “BIO-FARM HAKIM” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 2- va 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keyingi tergov harakatlarini davom ettirish uchun Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.

Dastlabki tergov davomida R.Ochilova hujjatlarni qalbakilashtirishdan tashqari, firibgarlik yo‘li bilan fuqarolar K.Bahodir, D.Ilhom va T.Sherzodning katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib olgani ma'lum bo‘lgan. Jumladan, gumonlanuvchi R.Ochilova fuqaro K.Bahodirga “BIO-FARM HAKIM” MChJ 25 foizlik ulushini va'da qilib, undan 26 ming dollar, D.Ilhomga XXR va Tayvandan biologik faol qo‘shimcha (BFQ) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskunalarni olib kelish uchun 189 ming dollar va T.Sherzodga birgalikda BFQ ishlab chiqarishni va'da qilib 252 million 800 ming so‘m pul olgan, biroq va'dasini bajarmagan.

Shu yilning 25 iyun kuni ushbu jinoyat ishi bo‘yicha R.Ochilova gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Prosessual Kodeksining 227-moddasi tartibida tergovchining qaroriga asosan ushlangan.

27 iyunda esa R.Ochilovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi “a” bandi, 168-modda 2-qismi “a,v” bandlari, 228-modda 2-qismi “a,b” bandlari va 228-modda 3-qismi bilan ayblov e'lon qilingan.

R.Ochilovaga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash yuzasidan sud jarayoni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida, raislik etuvchi S.Burxonov, sudya yordamchisi I.Muhidov, tuman prokurori yordamchisi J.Usmanov va ayblanuvchining himoyachisi I.Sobirjonov (“Jus Yasin” advokatlik byurosi ) ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Bundan tashqari, tergov organida Sog‘liqni saqlash vazirligining “BIO-FARM HAKIM” MChJga ovqatga biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish uchun 2011 yil 12 may kuni berilgan sertifikatning amal qilish muddati 2014 yil 22 mart kuni tugagani haqidagi xulosasi ham mavjudligi xabar qilinmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid