23:05 / 12.08.2018
28961

«Yuventus» Ronalduning debyut o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Yuventus» klubi yangi mavsum oldidan an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan yoshlar jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Bellashuvda Krishtianu Ronaldu ilk marotaba «Yuventus» libosida o‘ynadi. U 8-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi, «Yuventus» esa yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘rtoqlik o‘yini 
Yuventus – Yuventus B - 5:0 

Gollar: 1:0 – 8 Ronaldu, 2:0 – 18 Kapellini, 3:0 – 31 Dibala, 4:0 – 40 Dibala, 5:0 - 54 Markizio
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Jan, Bentankur, Bernardeski, Dibala, Duglas Kosta, Krishtianu Ronaldu

Mavzuga oid
Top