Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylangan shaxsga hukm o‘qildi
2018 yilning avgust oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ochiq sud majlisi o‘tkazildi. Toshkent shahar sudi raisi B.Islamov raisligida olib borilgan sud majlisida sudlanuvchi Azizov Dostonbek Sadriddin o‘g‘liga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.


Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Dostonbek Azizov 2017 yilning 7 oktabr kuni O.A. bilan qonuniy nikohdan o‘tgan. Birgalikdagi turmushlari davomida Azizov ayolini unga nisbatan xiyonat qilganlikda asossiz ayblab, muntazam ravishda o‘zaro janjallashgani hamda kaltaklagani uchun bir necha marta ma'muriy jazoga tortilgan bo‘lishiga qaramay, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

2018 yilning 18 aprel kuni soat 1200 atrofida Dostonbek rashk tufayli turmush o‘rtog‘i O.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida pichoq bilan qurollangan va qonuniy nikohini bekor qilish uchun ayoli bilan janjallashgan, tanasining turli sohalariga pichoq bilan bir necha jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. O.A. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Sud hukmiga ko‘ra, D.Azizov O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Hukmdan norozi tomon shikoyat yoki e'tiroz bildirishga haqli ekani tushuntirildi.
Mavzuga oid
14:04 / 20.02.2026
Sud qarorlari ijrosini to‘xtatish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
20:43 / 03.02.2026