Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aldangan quruvchi o‘zi qurgan uylarni buzib tashladi
Buyuk Britaniyada jahl otiga mingan quruvchi o‘zi qurgan uylarni buzib tashladi. The Sun nashrining yozishicha, u yetkazgan zarar 2,5 million funt sterling atrofida deb baholangan.
Voqea Xartfordshir grafligidagi Bantingford shahrida yuz bergan. 30 yoshli Daniyel Nigou yangi qurilgan uylar oldiga ekskavatorda kelgan va beshta binoni buzib tashlagan. Guvohlarning aytishicha, u bu ishni qilayotganida kulgan va suratga ham olgan. Mahalliy aholi uni to‘xtatishga uringan. U esa qurgani uchun puli to‘lanmagan uylarni buzayotganini aytgan.
Tez orada yetib kelgan politsiya Nigouni hibsga oldi. Unga mulkka qasddan zarar yetkazish yoki yo‘q qilish moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Nigou buning uchun 10 yilgacha qamalishi mumkin.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026