21:00 / 13.08.2018
31862

Chiqindi haqida g‘aroyib faktlar

Zamonaviy dunyo ko‘plab muammolardan aziyat chekmoqda. Ulardan biri jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar. Atrof-muhit kuchli ifloslanishga uchrayapti, uning asosiy sababi tabiatning oliy mavjudoti – inson. Odamlar soni har yili oshib boryapti, sanoat natijasi bo‘lgan chiqindi miqdori ham ortmoqda.

  1. Angliya chiqindilarni qayta ishlash masalasiga aql bilan yondashgan ilk mamlakat hisoblanadi. 19 asrning oxirida chiqindilarni yoqish uchun zavod qurilgan. Yevropa mamlakatlarida chiqindilar saralanib, keyin qayta ishlashga yuboriladi.
  2. Shvetsiya –chiqindilarni muvaffaqiyatli qayta ishlaydigan mamlakatlar ro‘yxatida yetakchilik qiladi (umumiy miqdordan 52foiz). Undan keyingi o‘rinda esa – Germaniya: u yerda qayta ishlash 48 foizni tashkil qiladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich u qadar yuqori emas: umumiy miqdordan bor-yo‘g‘i 25 foizi qayta ishlanadi.

    Garbologiya – chiqindini qayta ishlash usullarini o‘rganadigan fan. Bundan tashqari, u maishiy chiqindilarni tadqiq etish usuli orqali jamiyatning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi.

  3. Har soniyada sayyorada tabiatga zarar keltirmaydigan uch kilogramdan ortiq “tabiiy” chiqindi yuzaga keladi. Unga tuxum po‘chog‘i, mevalar po‘stlog‘i va boshqalar kiradi. Ovqat qoldiqlari aholi vakili chiqindi savatining 29 foizga yaqinini tashkil qiladi. Qolgan 13 foizi - shisha, 11 foizi – plastmassa, 4 foizi – metal chiqindilar bilan band. 18 foizi esa – boshqa turdagi chiqindilarga kiradi.
  4. Kerak bo‘lmagan kompyuterlarni yo‘qotish garbologiyaning jiddiy muammolaridan sanaladi. Chunki eski texnika tarkibida zaharli moddalar bo‘lib, ular uchun yopiq holdagi chiqindixonalar zarur. Bunday joylar doimiy ravishda nazorat qilinadi. Chunki vandallar zaharli, biroq juda qimmatbaho ehtiyot qismlarni o‘g‘irlab ketishlari mumkin.
  5. 360 kun mobaynida metalni qayta ishlash 150 milliondan ortiq xonadonni yorug‘lik va issiqlik bilan ta'minlaydigan resurslarni saqlashda yordam beradi. Bor-yo‘g‘i bir dona shisha butilkani qayta ishlash quvvati yuz Vt lampochkaning to‘rt soat davomida yonishi uchun energiya ishlab chiqarishga tenglashtiriladi.

    Fresh Kills – Amerikadagi chiqindi olib kelinadigan eng katta poligon bo‘lib, maydoni 1700 ta odatiy futbol maydoniga teng. Poligonga har kuni 13 ming tonnadan ortiq chiqindi olib kelinadi.

  6. Buyuk Britaniyada joylashgan Edmontonda chiqindilarni yoqish har yili 100 ming tonna ko‘mirni iqtisod qilishini hisoblashgan.
  7. Ba'zida chiqindi konteynerlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengizga uloqtiriladi. Biroq bu dengiz suvlari himoyasini ta'minlamaydi. Chunki konteynerlar tayyorlangan moddalar yemiriladi. Metaldan tayyorlangan qutilar – 10 yil davomida, beton qutilar esa 30 yilda yemiriladi.
  8.  Polietilen paketlarni  tashlash qushlar uchun katta zarar keltiradi: har yili 100 mingdan ortiq qush nobud bo‘ladi. Ular polietilenni yeb qo‘yadi yoki paketga tiqilishi natijasida bo‘g‘ilib o‘ladi.
  9.  Har yili chiqindixonalarga yetti million tonnadan ortiq kiyim-kechaklar tashlanadi. Ulardan bor-yo‘g‘i 12 foizigina qayta ishlanadi.
  10. O‘tgan asrning 90-yillarida Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida friganlar harakati vujudga keldi. Bu odamlar nazoratsiz iste'mol qilish tizimini inkor etdi. Shuning uchun yegulik va moddiy boyliklarni chiqindixonalardan topishni ma'qul ko‘radi. Topilgan foydali buyumlarni nafaqat o‘zlariga olib qolishadi, balki qayta almashadilar.

    Qog‘ozdan tayyorlangan salfetka  dengiz suvida 3 oyda, gugurt cho‘plari – 6 oyda to‘liq eriydi. Tamaki qoldig‘i esa 5 yilgacha suzib yuradi. Polietilen paket suvni 10-12 yil davomida ifloslantiradi, neylon buyumlar 35 yildan keyin yo‘q bo‘ladi, temir banka butunlay yo‘q bo‘lishi uchun 500 yil kerak. Shisha butilka to‘liq erishi uchun 1000 yil zarur bo‘ladi.

Top