Çiqindi xizmatidan qarzdorligi bölgan 205 mingga yaqin abonentning elektr töloviga vaqtinça çeklov örnatildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugungaça respublika böyiça çiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd söm debitor qarzdorlik uçun jami 231 014 ta abonent SMS xabarnomasi orqali ogohlantirilgan. Şundan söng abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etiş uçun 5 kun muddat berilgan va uşbu davrda 9,4 mlrd sömlik tölovlar amalga oşirilgan.

6 dekabr holatida respublika böyiça qarzdorligi qoplanmagan 204 895 abonentning elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyatiga vaqtinça çeklov joriy etilgan. Mazkur çeklov qarzdorlik bartaraf etilişi bilanoq darhol yeçiladi. Ayni paytda çiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 mlrd söm debitor qarzdorlik mavjud.

Uşbu tartib 2025 yil 30 iyungaça bölgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. U 1 iyuldan çiqindi xizmatlaridan şakllangan qarzdorliklar uçun 5 noyabrdan boşlab qöllanmoqda.

Fuqarolar çiqindilarni boşqariş sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va şikoyatlar yuzaga kelganda agentlikning “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilişlari mumkinligi bildirilgan.

Eslatib ötamiz, çiqindini töplaş va olib çiqiş xizmatlari böyiça tölov intizomini kuçaytirişga qaratilgan qonun 2025 yil 7 martda qabul qilingandi. Çiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigaça “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqami orqali SMS xabarnoma yuboriladi. Uşbu ogohlantiriş yuborilganidan keyin 5 kun qarzdorlikni bartaraf etiş uçun qöşimça muddat beriladi. 2026 yil 1 yanvardan esa çiqindilar uçun tölovlarni uyma-uy yurib undiriş amaliyoti töxtatiladi.