Jahon | 19:05 / 13.08.2018
4887
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 5,0 magnitudali zilzila ro‘y berdi

Foto: globallookpress

13 avgust kuni Xitoyning Yunnan provinsiyasi janubi-g‘arbida 5,0 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Xitoy seysmologiya markazi shu haqida xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 01:44da qayd etilgan. Tabiiy ofat o‘chog‘i Tunxay uyezdida 7 km chuqurlikda ekani aytilmoqda, uning markazi 2,3 mln aholiga ega Yuysi shahridan janubi-sharq tomon 30 km masofada bo‘lgan. Hozirga kelib bu hududda yuzga yaqin aftershoklar qayd etilgan. 

Xitoy markaziy televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila natijasida kamida 8 kishi jabrlangan, halok bo‘lganlar haqida ma'lumotlar yo‘q. Mahalliy hukumat hozircha zilziladan ko‘rilgan zararga oid ma'lumot bermagan. 

Yuysi shahrida hozirda 200 nafardan ziyod qutqaruvchi, harbiy, shifokor va boshqa favqulodda xizmatlar xodimlari ish olib borishmoqda. Yuzlab turar-joylar va boshqa binolar zarar ko‘rgan. Qator tumanlarda elektr ta'minoti va aloqa uzilgan: zilzila natijasida 35 bazaviy aloqa stansiyasi ishdan chiqqan. 

Mavzuga oid