Ipoteka-bankning bepul “Internet-banking” xizmatidan foydalaning!
Ipoteka-bankda “Internet-banking” xizmatida yangi imkoniyatlar
Ipoteka-bankda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bepul “Internet-banking” xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Ipoteka-bank mijozlarning talablaridan kelib chiqqan holda hamda yangi mijozlarni bank xizmatidan foydalanishga taklif qilish maqsadida, ushbu xizmatni yanada qulay ko‘rinishda taqdim etmoqda.
“Internet-banking” o‘zi nima?
“Internet-banking” – mijozlarning bank hisobvaraqalarini masofadan boshqarish tizimi bo‘lib, ushbu tizim mijozlarga uydan chiqmagan holda bankning ko‘plab xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Buning uchun bor-yo‘g‘i internetga ulanish imkoniga ega kompyuter yoki smartfonda Ipoteka-bankning mobil ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ipoteka-bankdan “Internet-banking” tizimida yangi xizmat turi
Endi Ipoteka-bank mijozlari hisob raqamlariga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarini masofadan turib aktseptlashlari (to‘lovga rozilik yoki rad etishlari) mumkin.
Mazkur xizmat turi bugungi kunda O‘zbekistonda yagona hisoblanadi. Endi Siz Ipoteka-bank xizmatlaridan masofadan turib yanada qulaylashtirilgan holda foydalanishingiz mumkin.
Endi ilgarigiday “talabnomangizni aktseptlash uchun bankka kelib keting” deb telefon orqali Sizni bezovta qilishmaydi. Faqat Ipoteka-bankning “Internet-banking” xizmatiga ulansangiz kifoya.
Yangi xizmatga ulanish uchun nima qilish kerak?
Sizga xizmat ko‘rsatiladigan Ipoteka-bank filialiga faqatgina bir marta borib, “Internet-banking” xizmatidan foydalanish yuzasidan yozma murojaat qilasiz va elektron kalitini qo‘lga kiritasiz.
Mana shu kalitdan foydalangan holda bankning “Internet-banking” xizmati orqali o‘zingiz istagan bank operatsiyasini amalga oshiring va o‘z hisob raqamlaringizni o‘zingiz boshqaring.
Ipoteka-bankdagi “Internet-banking” xizmatining afzalliklari
- Bepul - ya'ni masofadan hisobni boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish mutlaqo bepul! Elektron kalit tekinga beriladi va hech qanday oylik abonent to‘lovi yo‘q.
- Vaqt tejamkorligi va qulaylik - barcha bank operatsiyalari internet orqali bank filialiga bormasdan bajariladi. Hatto mijoz xorijda turib ham, internet orqali bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:40 / 08.01.2024
«Ipoteka-bank»da xizmat ko‘rsatilayotgan ayrim klasterlarning qarzdorligi boshqa banklarga o‘tkaziladi
19:00 / 11.07.2023
“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari o‘z ulushlarini sotish huquqiga ega ekanligi ma’lum qilindi
21:23 / 24.03.2023
«Ipoteka bank» 324 mln dollarga sotilgani ma’lum bo‘ldi
20:00 / 05.04.2022