Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari o‘z ulushlarini sotish huquqiga ega ekanligi ma’lum qilindi
“OTP Bank Nyrt” “Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari “Ipoteka-bank” ATIBdagi aksiyalarini qaytarib sotib olishni talab qilish va “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitalidagi o‘z ulushlarini sotish huquqiga ega ekanligini ma’lum qiladi.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasiga muvofiq “Ipoteka-bank” ATIB aksiyalarining 73,71 foizini sotib olgan “OTP Bank Nyrt” (Vengriya) “Ipoteka-bank” ATIBning qolgan aksiyadorlariga, “Toshkent” RFBning 2023-yil 10-iyul ma’lumotlariga ko‘ra “Ipoteka-bank” ATIB aksiyalarini bozor narxida – har bir oddiy aksiyani 0,94 so‘m va har bir imtiyozli aksiyani 4,02 so‘mga sotib olish taklifini e’lon qiladi.
O‘z aksiyalarini sotmoqchi bo‘lgan aksiyadorlar emitentning e’lonida ko‘rsatilgan tartibda yozma roziligini yuborishlari lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent, Shahrisabz ko‘chasi, 30. Telefon: 78-150-89-74 , [email protected] .
(Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi olib borish sarmoya yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin).
Reklama
Mavzuga oid
12:40 / 08.01.2024
«Ipoteka-bank»da xizmat ko‘rsatilayotgan ayrim klasterlarning qarzdorligi boshqa banklarga o‘tkaziladi
21:23 / 24.03.2023
«Ipoteka bank» 324 mln dollarga sotilgani ma’lum bo‘ldi
20:00 / 05.04.2022
Ipoteka-bank eng faol banklar qatorida e’tirof etildi
09:00 / 19.01.2022