Mamlakatning intellektual salohiyatini qanday saqlash mumkin?
Kichik biznes dunyoning barcha mamlakatlarida iqtisodiyot va innovatsiyalar lokomotivi sanaladi.
Kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati haqida
AQSh
AQShda xodimlari soni 500 taga yaqin kompaniyalar kichik va o‘rta biznes sanaladi. Hozirda Shtatlarda bu kabi 7 million kompaniya mavjud. Ba'zilarida esa 20 tadan ishchi ishlaydi. Rivojlanish uchun AQSh prezidenti kabineti tarkibida bo‘lgan Kichik biznes masalalari bo‘yicha boshqarma (Small Business Administration, SBA) javob beradi. Bu agentlik 1953 yilda mablag‘ning yirik bozorlariga kirish imkoni bo‘lmagan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.
Har bir shtatda ofisiga ega bo‘lgan SBA kredit, grant, dotatsiyalar taqdim etib, har yili milliondan ortiq tadbirkorlarga maslahatlar beradi. Tabiiy ofatlar sharoiti vaqtida biznesni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Boshqarma har yili 30 milliard dollar miqdorida kreditlar beradi.
Kanada
Kanadada ham kompaniyalar kichik va o‘rta biznesga tegishli bo‘lib, u yerda 500 nafar va undan kam ishchi ishlaydi. Bu mamlakatda jami milliontaga yaqin kichik va o‘rta biznes korxonalari bo‘lib, ulardan 75 foizi savdo va xizmatlar sohasida faoliyat yuritadi.
Faoliyatini endigina boshlayotgan tadbirkor barcha hujjatlarni maksimal darajada tez rasmiylashtirishi, bundan tashqari, subsidiya (ba'zilari xarajatning yarmini qoplaydi) olishi mumkin. Biznesni qo‘llab-quvvatlaydigan invest-fondlar ham bor. Asosiy shart – kompaniya savdolari hajmi 500 ming dollardan oshmasligi kerak.
Yevropa Ittifoqi
Yevropa Ittifoqida kichik va o‘rta biznes korxonalariga xodimlari soni 249 kishidan kam bo‘lgan kompaniyalar kiradi. Yevrostat ma'lumotlariga ko‘ra, YeIda savdo qiluvchi 98 foiz korxonalar kichik va o‘rta biznesga tegishli. Ularning 70 foizini xodimlari soni 9 tagacha bo‘lgan kompaniyalar tashkil etadi. Bunday kichik korxonalar YeIda 85 foiz yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratdi. U yerda jami YeI ish bilan band aholisining 67 foizi ishlaydi.
Kichik va o‘rta biznes eksportida Kipr, Latviya, Belgiya, Estoniya va Niderlandiya yetakchi sanaladi. Bundan tashqari, kichik biznes barcha tovarlarning 33 foizini Yevropadan import qiladi. YeIda tadbirkorlar uchun subsidiyalar yo‘q, biroq davlat kichik va o‘rta biznes rivojida baribir ishtirok etadi: kredit beradi, kreditlar foizini to‘lash xarajatlarini qoplaydi, qulay soliqqa tortish tizimini joriy etadi.
Xitoy
Xitoy hukumati kichik biznesni iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili hisoblaydi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari sifatida hukumat soliqlarni kamaytiradi, bu soha vakillariga yirik ishlab chiqaruvchilarga beriladigan huquqlarni taqdim etadi. Mamlakatda kichik biznesni kredit asosida kafilliklar bilan ta'minlaydigan davlat fondlari bor.
Mazkur soha manfaatlari “Kichik va o‘rta tadbirkorlik davlat fondi” tomonidan ta'minlanadi. 2001 yilda mamlakatda davlat axborot xizmati (CSMEO) paydo bo‘ldi, u esa o‘z saytida aholiga kichik va o‘rta korxonalar faoliyati haqida gapirib beradi.
Yaponiya
Yaponiyada mamlakatning 99 foiz kompaniyalari kichik biznesga tegishli. Bu sohada esa mehnatga layoqatli aholining 70 foizi band (55 million nafar kishi).
Shaxsiy ishni boshlash uchun bor-yo‘g‘i YaTTni ro‘yxatga olishning o‘zi yetarli. Uning narxi ham kulguli – atigi 1 dollar miqdorida. Davlat soliq imtiyozlarini taqdim etadi. Deyarli barcha banklar tadbirkorlarga 4-5 foizlik imtiyozli kreditlar beradi.
Singapur
Dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri Singapurda bu soha davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanadi. Korxonalarning 90 foizi kichik va o‘rta biznesga tegishli (aholisi 5,6 million ko‘rsatkichida 190 mingga yaqin kompaniyalar). Mazkur sohaning Singapurdagi o‘ziga xosligi shundan iboratki, bu “maydon” ko‘plab sohalarga tegishli: savdo, transport, moliya, turizm, aloqa.
Qo‘llab-quvvatlash choralari orasida – biznes boshlaydiganlarga o‘ziga xos imtiyozlar, liberal soliq qonunchiligi, maxsus bojlarning mavjud emasligi. 1996 yilda Savdo va sanoat vazirligi otalig‘i ostida maxsus davlat organi SPRING Singapore (hozir Enterprise Singapore)ga asos solingan bo‘lib, u soha uchun kadrlarni tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Albatta, tadbirkorlar imtiyozli kreditlardan umid qilishlari mumkin.
Turkiya
Turkiyada kichik va o‘rta biznesga ishchilari 250 nafardan kam bo‘lgan kompaniyalar kiradi. Ularning yillik foydasi 25 million liradan kam ko‘rsatkichni tashkil qiladi (deyarli 5,4 million dollar). Mamlakatda “Kichik biznesni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ittifoq” (KOSGEB) mavjud. KOSGEB ma'lumotlariga ko‘ra, jami turk korxonalarining 99,8 foizi mazkur sohaga tegishli (jami 3,5 million kompaniya).
Ittifoq hukumatdan yuzlab million dollarlarni oladi va tadbirkorlarga o‘z ishlarini ochishda yordam berishga sarflaydi. Innovatsion va ilmiy-tadqiqot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ayniqsa katta ko‘mak ko‘rsatiladi. Shuningdek, KOSGEB tadbirkorlar uchun kreditlarni qisman to‘laydi.
Mavzuga oid
18:32 / 04.11.2024
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
11:00 / 30.10.2024
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
14:40 / 09.09.2024