Jahon | 19:59 / 13.08.2018
9389
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi shahar merligiga hech kim nomzodini qo‘ymayapti

Foto: u74.ru

Chelyabinsk viloyatidagi Miassa shahrida shahar merligiga saylovda nomzodlar yo‘qligi kuzatilmoqda. Bu haqda shahar okrugi deputatlari majlisi matbuot xizmatiga tayanib Znak.com xabar berdi.

«Umuman olganda, bu meyo'riy hol, hamma oxirgi muddatni kutadi. Hujjatlar 20 avgustgacha qabul qilinadi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Keyingi 10 yil ichida Miassada o‘nga yaqin mer almashdi, ularning ayrimlari qamaldi.  

15 may kuni shaharning sobiq rahbari Gennadiy Vaskov mansab vakolatlarini suiiste'mol qilishda ayblanib hibsga olindi. Tergovning fikricha, u bolalar bog‘chasi binosi sotib olinishida byudjyet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mavzuga oid