Jahon | 07:27 / 13.08.2018
8952
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada namoyishlar. 10 mingdan ortiq kishi hukumatga qarshi mitingda ishtirok etdi

Foto: AP

Ruminiya poytaxti Buxarestda o‘n mingdan ortiq kishi hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etdi. Bu haqda Agerpres xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik aksiyasi tinch ruhda o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, namoyishchilar G‘alaba maydoniga Ruminiya, Yevropa ittifoqi va AQSh bayroqlari bilan chiqib borishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruminiya poytaxti Buxarestda hukumatga qarshi namoyishda 440 kishi jarohatlangandi.

Muxolifat mitingi ishtirokchilari hozirgi hukumatni tarqatib yuborish va muddatdan avvalgi saylovlarni o‘tkazishni talab qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid