Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuz iste'mol qilishning xavfsiz darajasi ma'lum bo‘ldi
Foto: iStock
Makmaster universiteti (Kanada) olimlarining aniqlashicha, kuniga besh grammdan kam miqdorda tuz iste'mol qilish gipertenziya va u bilan bog‘liq yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini oshirmaydi. Ilmiy ish natijalari keltirilgan maqola The Lancet jurnalida e'lon qilindi.
Tadqiqotda butun dunyo bo‘ylab 369ta aholi punktidan 30-75 yosh oralig‘idagi 95 767 sog‘lom ko‘ngillilar qatnashdi. Olimlar natriy tuzlarining kunlik iste'molini baholash uchun peshob namunalarini olishdi, shuningdek, qon bosimini o‘lchashdi. 82 544 kishidan olingan namunada yurak-qon tomir kasalliklari aniqlandi.
Ma'lum bo‘lishicha, Xitoydagi aholi punktlaridan 80 foizgacha bo‘lgan ishtirokchilar kuniga besh grammdan ko‘proq tuz iste'mol qiladilar, boshqa mintaqalarda esa bu ko‘rsatkich kuniga 3-5 grammgacha tuzni tashkil etgan. Shu bilan birga, sistolik qon bosimi har bir qo‘shimcha tuz grammiga 2,86 millimetr simob ustuniga ortgan. Biroq, juda kam miqdorda tuz iste'moli ham yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Kuniga 4,7 gramm tuz iste'mol qilish darajasida yurak-qon tomir kasalliklari va natriy tuzi iste'moli o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmagan.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
11:04 / 23.12.2025