Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Me’yoridan ortiq tuz iste’mol qilish yurak uchun zararli – olimlar
Ma’lum bo‘lishicha, kuniga o‘rtacha 4200 milligramm natriy iste’mol qilish (tavsiya qilingan me’yor 2300 milligrammgacha) yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfini 15 foizga oshiradi.
Foto: Shutterstock
Tuzni me’yoridan ortiq iste’mol qilish yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Vanderbilt universiteti tibbiyot markazi olimlari ana shunday xulosaga keldi.
Ular 25 ming nafardan ortiq insonga oid ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kuniga o‘rtacha 4200 milligramm natriy iste’mol qilish (tavsiya qilingan me’yor 2300 milligrammgacha) yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfini 15 foizga oshiradi.
Mualliflarning qayd etishicha, tuz iste’molini ozgina kamaytirish ham sezilarli samara beradi. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, kunlik natriy iste’molini 4000 milligrammgacha kamaytirish kasallikka chalinish xavfini 6-7 foizga pasaytiradi.
Tadqiqotchilar tuz iste’molini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish kerakligini aytishmoqda.