Jamiyat | 10:20 / 13.08.2018
5870
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«O‘zbekinvest» kompaniyasining 2018 yil I yarim yilligidagi sug‘urta faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar biznesning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratmoqda.

Iqtisodiyotning qayta shakllanishi va sug‘urta bozorining rivojlanishi jarayonlarida faol ishtirok etayotgan «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan 2018 yilning I yarmida qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, hududlar va agentlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi, dolzarb sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda jismoniy va yuridik shaxslar kesimida faol sug‘urta faoliyatini yuritish natijasida 112 mlrd. so‘m hajmda sug‘urta mukofotlari yig‘ildi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ortiq bo‘ldi.

Foto: O‘zbekinvest

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturlari doirasida Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Koreya, AQSh, Shveytsariya va boshqa mamlakatlar xorijiy investorlari va pudratchilari tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha kompaniyaning xorijiy sug‘urta kompaniyalarga qayta sug‘urtaga berilgan joriy sug‘urta majburiyatlar hajmi 21,7 mlrd. AQSh dollarni tashkil etadi. Ushbu majburiyatlar 2024 yilgacha amalda bo‘ladi.

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo‘yicha yondashuvning tubdan yaxshilanishi natijasida jismoniy shaxslar kesimida 12,6 mlrd. so‘m hajmidagi yoki o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 2,6 barobar ko‘p sug‘urta mukofoti yig‘ildi. Jismoniy shaxslar hisoblangan mijozlar soni 231 foizga o‘sib, 160 660 nafarni tashkil etgan.

Kompaniya o‘z majburiyatlarini qat'iy bajarib, hisobot davrida sug‘urta hodisalari bo‘yicha aholiga va yuridik shaxslarga 11,5 mlrd so‘m hajmida yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 132 foizga ko‘p sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi.

Hududlarda sug‘urta xizmatlari qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida hisobot davrida hududiy filiallar tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 185 mingdan ortiqni yoki o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 488 foizni, yuridik shaxslar bilan tuzilgan sug‘urta shartnomalar soni esa 24 mingdan ortiqni yoki o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 156 foizni tashkil etgan.

Sug‘urta bozoridagi raqobatning kuchayib borayotgani sharoitida «O‘zbekinvest» kompaniyasi biznesni yuritishning innovatsion yondashuvlari asosida samarali faoliyatini davom ettirish va sug‘urtalanuvchilarning shaxsiy va mulkiy manfaatlariga ishonchli sug‘urta himoyasini taqdim etishni maqsad qilgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid