O‘zbekiston | 10:00
404
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«O‘zbekinvest» TXIF-2026 doirasida investitsiyalarni sug‘urtaviy qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi rahbariyati rivojlangan mamlakatlarning eksport sug‘urta tashkilotlari rahbarlari, AQShning EximBank prezidenti va boshqaruv raisi Jon Yovanovich, shuningdek, Shveytsariyaning SERV, Fransiyaning BPI France, Italiyaning SACE, Germaniyaning Euler Hermes, Buyuk Britaniyaning UKEF hamda Daniyaning EIFO eksport-kredit institutlari rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: O‘zbekinvest

Tomonlar Toshkent xalqaro investitsiya forumining yuksak darajada tashkil etilganini alohida e’tirof etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan forumning ochilish marosimida so‘zlangan nutqda mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va iqtisodiy islohotlarning istiqbollari haqida bildirilgan fikrlarni yuqori baholadi.

Uchrashuvlar chog‘ida iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar, qulay investitsiya muhiti va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari dunyoning yetakchi davlatlari ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bilan investitsiyaviy sheriklikni kengaytirishga bo‘lgan qiziqishini tobora oshirayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, forum doirasida mashinasozlik, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, kimyo sanoati, farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda boshqa tarmoqlardagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlar imzolangani qayd etildi. Ushbu tashabbuslarni moliyalashtirishda yuqorida tilga olingan eksport-sug‘urta va eksport-kredit institutlari faol ishtirok etadi.

Bundan tashqari, «O‘zbekinvest»ning mazkur mamlakatlar ishtirokida kichik va o‘rta biznes sohasida amalga oshiriladigan, qiymati 10 million AQSh dollarigacha bo‘lgan investitsiya tashabbuslarini O‘zbekiston tomonidan suveren kafolat taqdim etilmagan holda sug‘urtaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ham yuqori baholandi.

Muloqotlar yakunlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish mexanizmlari, ishbilarmonlik axborotlarini tezkor almashish kanallari hamda mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Koll-markaz:  (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Моҳидил Абдуллаева
Tayyorlagan Моҳидил Абдуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid