Jahon | 00:35 / 14.08.2018
6993
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Suriyada ikki kun ichida 130dan ortiq kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Suriya shimoli-g‘arbidagi jangovar harakatlar davomida 130dan ortiq kattalar va bolalar halok bo‘ldi, YUNISEFning uchta tibbiyot muassasi o‘qqa tutildi, deb xabar berdi BMT boshlig‘i rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Xak.

"Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining xabariga ko‘ra, Suriyaning shimoliy-g‘arbiy qismida davom etayotgan jangovar harakatlar tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘lishiga olib keldi — dam olish kunlari Xeleb, Xama va Xalab viloyatlarida kamida 134 kishi, ular orasida ko‘plab bolalar bor, halok bo‘ldi", — dedi Xak.

Uning aytishicha, "kecha Idlib viloyatidagi Sarmada shahri yaqinida turarjoyda qurol va o‘q-dorilar ombori portlashi oqibatida 59 kishi, ulardan 17 nafari bolalar, hayotdan ko‘z yumdi".

Bundan tashqari Xak YUNISEFning "Idlib va Xalab g‘arbida so‘nggi 36 soat ichida 28 nafar bola o‘ldirilgani" haqidagi ma'lumotini bildirdi.
"YUNISEF qo‘llab-quvvatlovi ostida bo‘lgan uchta tibbiyot muassasiga hujum qilingan. Ulardan ikkitasi ishlamayapti", — dedi Xak.

Xabarlarga ko‘ra, Idlibdagi Xan-Shaykun, Maarrat-Numan va Kafr-Nobl aholi maskanlarida barcha maktablarning faoliyati to‘xtatilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid