Light | 01:38 / 14.08.2018
28008
2 daqiqa o‘qiladi

Diyetolog yaponlar nima uchun semirib ketishmasligini aytdi

Yaponlar ortiqcha vazndan azob chekishmaydi va yaqin kelajakda ular bunday xavfga duch kelishmaydi, dedi Yaponiya salomatlik va ovqatlanish institutining tadqiqotchi-diyetologi Xidemi Takimoto.

Tushlik va oqshom vaqtlarida Tokio va boshqa shaharlardagi restoran hamda qahvaxonalarda navbat kutishga to‘g‘ri keladi – bo‘sh joy topish mushkul. Yaponlar juda ko‘p va turli xil taomlarni yeyishadi.  

Har kuni televideniye va radioda asosiy mavzusi ovqat haqida bo‘lgan ko‘rsatuvlar namoyish etiladi, sayyohlar uchun yo‘l ko‘rsatkichlar esa asosan nimalarni tomosha qilish emas, qayerda va nima yeyish mumkinligiga bag‘ishlanadi.

Ammo yapon shaharlarida ortiqcha vaznga ega bo‘lganlarni uchratish qiyin.

"Yaponlarning boshqalardan ajralib turadigan xususiyatlaridan biri, ularning taomlarida yog‘ miqdori kam", — deydi Yaponiyadagi ovqatlanish va semirish muammolari bo‘yicha ma'lumotlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi Xidemi Takimoto.

"Shahar aholisi orasida avtomobildan foydalanadiganlarning kamligi va ko‘p jismoniy harakat qilish ham sabablardan biri bo‘lishi mumkin", — deydi u.
Takimotoning aytishicha, yaponlar hozirda baliq va go‘sht mahsulotlarini ko‘p iste'mol qilishmoqda.

"Odamlar tuz iste'molini kamaytirishdi va yuqori qon bosimidan aziyat chekadiganlar soni kamaydi. Shu bois yaponlar orasida tserebral-vaskulyar kasalliklardan vafot etish ko‘rsatkichi pasaydi", — deydi u.

Rasmiy statistikaga qaraladigan bo‘lsa, 1980 yilgacha Yaponiyada o‘limlarning asosiy sababchisi tserebral-vaskulyar kasalliklar bo‘lgan. Ammo hozirda birinchi o‘rinda onkologik kasalliklar turibdi.

"Baxtimizga, ortiqcha vazndan aziyat chekadigan bolalar soni oshmayapti va Yaponiyada semizlikdan qiynaladiganlar hali-beri ko‘paymaydi, deb o‘ylayman", — deydi Xidemi Takimoto.

Mavzuga oid