Huawei Consumer Business Group 2018 yil I yarim yillik biznes-natijalarni e'lon qildi
Huawei joriy yilning ikkinchi choragida barqaror unumdorlikni namoyon etib, kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik smartfonlar ishlab chiqaruvchisiga aylandi.
Huawei Consumer Business Group (CBG) o‘zining 2018 yil birinchi yarim yilligi bo‘yicha biznes-natijalarini e'lon qildi. Kompaniya barqaror o‘sish va global miqyosda 95 million donadan ziyod smartfon yetkazib berilgani haqida ma'lum qildi. IDC ma'lumotlariga ko‘ra, Huaweining jahon bozoridagi ulushi 15,8%ni tashkil etib, ikkinchi chorakda smartfonlar ishlab chiqaruvchilar orasida kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik kompaniyaga aylandi.
Huawei Consumer Business Group bosh direktori Richard Yu: “Keyingi olti oy Huawei CBG uchun hayratlanarli kechdi – unda biznesimizning dunyo bozorlarida va ishlab chiqarish liniyalarida barqaror o‘sishi qayd etildi. Bunday muvaffaqiyatimizga sabab innovatsiyalarga sodiqligimiz va, eng asosiysi, mijozlarimizning ulkan hissasidir. Olg‘a intilarkan, Huawei oldingidek qurilmalarda, bulutli texnologiyalarda sun'iy aqlga (SA) urg‘u beruvchi o‘z takliflarini muntazam yaxshilash va Huawei ekotizimini yanada kengaytirishga diqqatini jamlaydi.”
Biznes samaradorligi ko‘rsatkichlari
- HUAWEI P20 modeli: San'at va texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan P20 moda muxlislari tomonidan juda yaxshi qabul qilindi. HUAWEI P20 global yetkazib berilishi 9 million donadan ziyodni tashkil qildi;
- HUAWEI Mate 10 modeli: HUAWEI Mate oxirgi seriyasi mobil SA rivojlanish yo‘lini belgiladi va 10 million donadan ziyod global yetkazib berishga erishib, kompaniyaning elita mahsulot bozoridagi mavqeini mustahkamladi;
- HUAWEI nova modeli: Butun dunyoda nova smartfonlari foydalanuvchilari soni 50 milliondan ortib ketdi, bu o‘rta toifa smartfonlar umumiy bozorining o‘sishiga xizmat qildi. Nova modeli yetkazib berilishi umumiy hajmi yillik hisobda 60%ga oshdi;
- Huawei mobil qurilmalari o‘tgan yilga qiyoslaganda salmoqli 147 foizlik o‘sishga erishdi;
- Chakana savdo o‘sdi va hozirda Huawei butun dunyo bo‘ylab 53 000 dan ziyod firma do‘konlari va 3 500 dan ortiq HuaweiExperience do‘konlarini boshqaradi. Kompaniya 2018 yil oxiriga qadar butun dunyo bo‘ylab yana 10 000 ta chakana savdo do‘konlari va 700 ta Huawei Experience do‘konlarini ochib, o‘z chakana savdo tarmog‘ini mustahkamlashni rejalashtirgan.
Brend taniqliligida o‘sib boruvchi impuls kuzatilmoqda
Huawei flagmanlari va o‘rta toifa smartfonlarining e'tiborga loyiq xarakteristikalari Huawei brendining qadrini anchayin yuqorilatdi: Huawei 2018 yil Global 500 ta brend ro‘yxati (Brand Finance’s Global 500 2018)da 25- satrda, BrandZ 100 ta eng qadrli dunyo brendi ro‘yxati (BrandZ’s Top 100 Most Valuable Global Brands)da 48- satrda va Forbes eng qadrli brendlar ro‘yxati (Forbes’ Most Valuable Brands)da 79- satrda zikr qilindi. Qayd etish joizki, Huawei 2018 yilda Forbesning 100 ta eng yaxshi kompaniyasi ro‘yxatidan joy egallashga muvaffaq bo‘lgan yagona Xitoy kompaniyasi bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
18:53 / 31.10.2023
Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
12:58 / 14.10.2023