Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlari havo mudofaasi tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar
MDH mamlakatlari Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning majlisida MDH davlatlari havo mudofaasi yagona tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
«MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo mudofaasi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 49-yig‘ilishi davomida MDH davlatlari havo mudofaasi yagona tizimini takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinadi. U 14 avgust kuni Minskda bo‘lib o‘tadi», - deya xabar berishgan Rossiya mudofaa mahkamasidan.
Yig‘ilishda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti qo‘shma shtabi va Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalari vakillari ishtirok etadilar.
Yig‘ilish ishtirokchilari 2018 yilda qo‘mita faoliyati natijalarini, 2019 yilda hamdo‘stlikning havo mudofaasi tizimini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, havo mudofaasi tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq qator masalalarni muhokama qiladilar.