Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni bolalar olib ketilayotgan avtobusga berilgan aviazarbani "qonuniy harbiy harakat" deb atadi
Saudiya Arabistonining BMTdagi vakillari Yamanda bolalar olib ketilayotgan avtobusga berilgan aviazarbani "qonuniy harbiy harakat" deb atadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni Yamanning Saada shahrida avtobusga uyushtirilgan hujum natijasida kamida 29 nafar bola halok bo‘lgani va 30 nafar bola jarohatlangani haqida xabar qilingandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalarning barchasi 15 yoshga to‘lmagan bolalar bo‘lgan.
Qizil Xoch qo‘mitasining xabariga ko‘ra esa Yamanda hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetgan, 77 kishi jarohatlangan.
Al-Arabia telekanalining Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya bayonotiga tayanib ma'lum qilishicha, zarba amalga oshirilgan raketa koalitsiyaga tegishli bo‘lgan va xusiylarning Saadada joylashgan raketa uskunalarini nishonga olgan.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026