Toshkent shahar Xalq qabulxonasining mudiri tayinlandi
Tohir Mullajonov O‘zbekiston Prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tohir Mullajonov 1950 yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1965 yilda boshlagan.
Mullajonov O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda boshlig‘i, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Namangan viloyatlari IIB boshlig‘i, O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i, Ichki ishlar vazirligi Toshkent Oliy harbiy bilim yurti boshlig‘i o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati bo‘yicha Xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Tohir Mullajonov 2018 yilning 13 avgust kunidan boshlab O‘zbekiston Prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
20:43 / 25.11.2022
Hududlarda Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchilari ish boshlaydi
21:32 / 20.12.2021
Sobiq vazir tuman hokimligidan viloyat xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga o‘tdi
14:48 / 20.01.2021
2020 yilda Prezident qabulxonalariga 1 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan
16:30 / 26.06.2020