Prezident raisligidagi videoselektorda xalq qabulxonalarining barça xodimlari bugundan işdan böşatilişi ma’lum qilindi. Ularning örni masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan töldirilişi aytildi. Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining özi rahbarlik qilişi belgilandi.
«Xalq qabulxonalari tizimi ham aholi dardini eşitib, masalalarni hal qiliş örniga murojaatlarni davlat taşkilotlariga taqsimlovçi “dispetçer”ga aylanib qoldi», – dedi davlat rahbari.
Misol uçun, ötgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan.
Murojaatlar hal bölmagani uçun, ijtimoiy tarmoqlar orqali çiqişlar köpaygan. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng köp murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklar, ta’lim, ekologiya sohalariga töğri keladi. Mingga yaqin murojaatlarda prezidentning şaxsiy qabuli söralgan.
«Ayniqsa, Toşkent şahri va Buxoroda mansabdor şaxslar ustidan şikoyatlar köpayganini hokimlar qaçon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yeçim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!», – degan prezident.
Tizimdagi kamçiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barça xodimlari bugundan boşlab işdan böşatilişi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan töldirilişi qayd etildi.
Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining özi rahbarlik qilişi belgilandi. Hokimlar har kuni işini şu yerda aholi dardi va taşvişini eşitişdan boşlaydi.
«Hokimlar bir narsani tuşunib olsin, bugun tuğilgan muammoni keyingi kunga ötkazişga yöl qöyilmaydi. Murojaatni boşqa idoraga yubormasdan şu yerning özida hal qiladi», –dedi prezident.
Buning uçun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Masalalarni hal qiliş uçun qöşimça resurs ham beriladi.












