Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zayd Raad al-Husayn Trampning OAVga hujumlarini zo‘ravonlikka undash bilan taqqosladi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashi rahbari, o‘z lavozimidan ketayotgan Zayd Raad al-Husayn AQSh yetakchisi Donald Trampning OAV vakillariga nisbatan munosabatini zo‘ravonlikka undash bilan taqqosladi. Bu haqda u The Guardian’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Al-Husaynning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidentining amaldagi ma'muriyati avvalgi ma'muriyatlardan dunyoda inson huquqlarini himoya qilish masalasida «ajralib qoldi». Uning bildirishicha, AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqishi esa «inson huquqlariga chuqur sodiqlikdan» darak yo‘qligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Trampning ommaviy axborot vositalariga qarshi kampaniyasi jurnalistlarga zarar yetkazishi va o‘z-o‘zini senzura qilishga olib kelishi mumkin.
«Shu nuqtai nazardan bu zo‘ravonlikka undash holatiga juda yaqinlashib ketmoqda», - deya ma'lum qildi al-Husayn.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning sobiq advokati prezident tomonidan yeb qo‘yilgan hujjat haqidagi so‘zlarga izoh bergandi.