Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadonga bostirib kirib, hovlisida turgan «Captiva»ni olib qochib ketgan shaxs ushlandi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida shu yil 1 avgust kuni noma'lum shaxs yuziga niqob kiygan holda “Sharq” MFYda yashovchi M.M.ning uyiga bostirib kirib, o‘z xonasida uxlab yotgan 22 yoshli o‘g‘li M.N.ni pichoq bilan qo‘rqitib, pul talab qilib, uyidan 5 mln. 330 ming so‘m pulini olib, hovlisida turgan M.M.ga tegishli “Captiva” rusumli avtomashinani noma'lum tomonga haydab ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Chust tumani hududidan o‘tuvchi “Namangan-Pungon” avtomobil yo‘lining 44-km.da yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumani yashovchi muqaddam sudlangan 21 yoshli Sh.Z. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026