Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş va ularning mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol iştirokini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ta'lim sohasidagi islohotlarning jadal rivojlanişiga keskin impuls beradigan muhim hujjat sifatida keng jamoatçilik tomonidan e'tirof etilmoqda. 

Mazkur qarorning pirovard maqsadi oliy ta'lim tizimida tub özgarişlar yasaşga qaratilgan bölib, uning ijroçisi öqituvçi şaxsining mavqeini jamiyat oldida tiklaş, ta'limga aloqasi bölmagan işlarga  jalb qilinişiga çek qöyiş, şu bilan birgalikda uning professionallik darajasini va mas'uliyatini oşiriş, öqitiş tizimiga yangi şakllarni joriy etiş va boşqalarni nazarda tutadi. 

Bu qaror ta'lim islohotlari orasidagi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu sababli biz mazkur qarordagi 3ta muhim holatga: oliy ta'limda işlaydigan professor-öqituvçilar, rahbarlar va ta'lim sohasi böyiça mutasaddilarning diqqatini tortmoqçimiz. Birinçisi, talabalar bilimini baholaşning şaffof va adolatli, dars bergan öqituvçi iştirok etmaydigan tizimni joriy qiliş bölsa, ikkinçisi, talabaning özlaştiriş darajasi - professor-öqituvçilar faoliyatini baholaşning asosiy mezoni sifatida olinişi, uçinçisi esa, professor-öqituvçilarni işga olişda sinov darslarini ötkazişdir. Haqiqatan ham bu uç holat ta'lim sifati va samaradorligini belgilovçi asosiy omillar qatoriga kiradi. 

«Töraçilik»ning davri ötdi

Tan oliş lozimki, oliy ta'lim muassasalaridagi barça professor-öqituvçilar va ilmiy xodimlar ham bu qarorning mazmun-mohiyatini töliğiça töğri talqin qilayaptilar, deb bölmaydi. Gohida professor-öqituvçilar tomonidan darsni bir öqituvçi ötsa-yu, imtihonni boşqa öqituvçi olsa, yoki mustaqil test nazorati ötkazilsa, dars ötgan öqituvçining fani töğri va xolisona baholanadi-mi degan hadik ham uçrab turadi. Talabani xolisona va şaffof baholaşning eng maqbul usullaridan biri bu fan öqituvçisi iştirok etmagan (yoki uning ta'siri bölmagan)test nazoratidir. Bu mexanizmni aksariyat professor-öqituvçilar qöllab-quvvatlaydilar, biz bunga aminmiz. Çunki OTMlarda işlaydigan professor-öqituvçilarning nihoyatda köpçiligi fidoyi va halol insonlar. Lekin şu bilan birga öqituvçilar içida, ular ozçilik bölsada, hali «töraçilik» kayfiyati bilan yurganlar ham bor. 

Bundan taşqari, modomiki, professor-öqituvçining faoliyati dars bergan guruhdagi talabalarning fanlarni özlaştiriş darajasi bilan belgilanar ekan, u holda öqituvçi hattoki fanni özlaştira olmagan talabaga ham ijobiy baho qöyib, özining reytingini kötarişi mumkin, degan fikrlar ham yöq emas. Şuning uçun ham talaba bilimini baholaşning xolisona, şaffof va dars bergan öqituvçidan boğliq bölmagan baholaş tizimini yaratiş zaruriyati tuğilmoqda. Bu ikki holat öqituvçini öz ustida işlaşga olib kelişi bilan birgalikda talabani öqişga, ayniqsa, mustaqil köproq şuğullanişga undaydi.