Navoiy şahridagi 11-ayrim fanlar çuqur örganiladigan ixtisoslaştirilgan maktabning 9-sinf öquvçisi muddatidan oldin talablikni naqd qildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, maktabning 9-sinf öquvçisi Firdavsbek Öktamov 4 ta fandan milliy sertifikatni qölga kiritgan.
Jumladan, u çet tili böyiça B2, özbek tili va adabiyoti fanidan A, matematika fanidan S hamda tarix fanidan A+ darajali milliy sertifikatlarni olişni uddalagan.




Bu tanlagan yönalişi böyiça Firdavsbek Öktamovga oliygohga kiriş imtihonlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ballni taqdim etadi. U 11-sinfni tugatgan paytda qölga kiritgan milliy sertifikatlarining 3 tasi öz kuçida böladi. Çunki çet tilidan taşqari 3 ta fan böyiça olingan sertifikatlarning amal qiliş muddati 3 yil.
Kun.uz’ning aniqlaşiça, Firdavsbek Öktamov pedagoglar oilasida ulğaygan. Uning otasi Jörabek Törayev hamda onasi Aziza Fayziyeva oliy toifali ingliz tili fani öqituvçilari hisoblanib, har ikkisi Firdavsbek ta’lim olayotgan maktabda faoliyat yuritadi.
9-sinfda talabalikni naqd qilgani Firdavsbek Öktamovga 10- va 11-sinfni öqimasdan, birdan oliygohda öqiş imkonini bermaydi. Çunki belgilangan tartib böyiça öquvçi maktabni töliq öqişi kerak böladi.
Avvalroq ayni şu maktabning 23 öquvçisi muddatidan oldin talaba bölgani xabar qilingandi. Maktab ma’muriyatining Kun.uz’ga bildirişiça, hozirda bunday öquvçilar soni 26 nafarga yetgan.

















