Barça sohalarda bölgani kabi oliy ta'lim tizimida ham jiddiy özgarişlar közga taşlanmoqda. Lekin sifatli mutaxassis tayyorlaş uçun uşbu özgarişlar yetarli emas. Kadrlar tayyorlaş tizimida qator muammolar borki, ularni hal etmay turib, yetuk mutaxassislar tayyorlaş haqida gapiriş erta, deyiladi “Ma'rifat” naşrida e'lon qilingan maqolada.
Avvalo, oliy ta'limga talabalarni qabul qiliş tizimini butunlay özgartiriş kerak. Sababi, hozirgi tizim öqişga qabul qilinayotgan talabaning şu sohaga qay darajada iqtidori va qobiliyati bor-yöqligini aniqlaş imkoniyatini bermaydi.
Abituriyentning xotirasi kuçli bölişi va belgilangan bloklar böyiça testlarni yodlab olişi mumkin. Biroq u tanlagan sohasiga qiziqadimi, iqtidori bormi, kelajakda şu kasbning yetuk mutaxassisi bölib işlay oladimi kabi savollar oçiq qolmoqda.
Ayrim xorijiy davlatlardagi oliy ta'lim muassasalari qoşida bir yillik tayyorlov kurslari mavjud bölib, ularda abituriyentning tanlagan kasbiga qiziqişi va aynan şu yönalişga iqtidori bor-yöqligi aniqlanadi hamda şunga qarab oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişga tayyorlaydi. Bizda ham şu kabi tizim joriy etilişi foydadan xoli bölmaydi.
Oliy ta'lim tizimida yuritilayotgan me'yoriy hujjatlar soni va sifati haqida köp gapirilayotgan bölişiga qaramasdan haligaça mazkur masala hal etilmayapti. Masalan, davlat ta'lim standarti, malaka talablari, namunaviy fan dasturlari, işçi fan dasturlari, öquv-uslubiy majmualar, mavzuviy-taqvim reja kabi. Uşbu hujjatlardan, aslida, öquv jarayonida deyarli foydalanilmaydi. Lekin tez-tez ötkaziladigan tekşiruv va örganişlar jarayonida aynan şu hujjatlar talab qilinadi. Tabiiyki, ulardan öquv jarayonida foydalanilmagani uçun kamçiliklar aniqlanadi.
Yirik muammolardan yana biri me'yoriy hujjatlarga (malaka talablari, öquv reja, dastur kabi) har yili uzluksiz ravişda (2013 yildan beri) “ilğor xorijiy tajriba”lar asosida özgartirişlar kiritilayotganidir. Aslida, hujjatlarga katta özgartirişlar kiritilmaydi (bir fan nomi jarangdor qilib özgartiriladi), lekin hujjatlar “takomillaştirilişi”, yangidan işlab çiqilişi, ularni tasdiqlatiş uçun esa mutasaddi idoralar roziligi va imzolar yiğilişi şart. Töğri, özgartiriş va yangiliklar kiritilişiga heç kim qarşi emas, agar şular ta'lim sifatini yaxşilaşga hissa qöşa olsa! Har yili kiritilayotgan özgartirişlar natijani aniqlaş imkonini bermayapti. Aytaylik, 2017 yili özgartiriş kiritilgan öquv reja asosida tahsil olayotgan talaba öqişni 2021 yilda tamomlaydi. Joriy etilgan yangiliklar natijasini, talabaning qanday mutaxassis bölib yetişganini tahlil qilmay turib, 2018 yilda yana yangi öquv rejasi va hujjatlar işlab çiqilmoqda.

















