Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi kollejlar qayta ixtisoslashtirildi va qayta tashkil etildi
Buxoro davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik litsey Buxoro oziq-ovqat sanoati va servis kasb-hunar kolleji etib, universitet qoshidagi Kompyuter va axborot texnologiyalari akademik litseyi Buxoro telekommunikatsiya texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi. Shuningdek, Buxoro madaniyat kolleji Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati sifatida qayta tashkil etildi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.
Buxoro shahri Abu Havs Kabir ko‘chasida joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtiga bepul berilgan.
Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan Buxoro oziq-ovqat sanoati va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatiga beriladi.
Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Buxoro telekommunikatsiya texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Buxoro davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.
Buxoro oziq-ovqat sanoati va servis kasb-hunar kolleji uning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati binolarida, Buxoro telekommunikatsiya texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji uning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Buxoro davlat universiteti binolarida joylashtiriladi.
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:51 / 16.01.2026