O‘zbekiston | 09:19 / 16.08.2018
2656
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va tumanlarining investitsiya pasportlari ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi:

a) biznes yuritish uchun eng maqbul shart-sharoitlar va qulay investitsiya muhitini yaratish, tumanlar kesimida Toshkent shahrining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasini oshirishni ta'minlash uchun zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tegishli hududlarda mavjud imkoniyat va sharoitlarni aks ettirishni nazarda tutadigan Toshkent shahri va tumanlarning investitsiya pasportlarini;

investitsiya jarayonlarini boshqarishning asosiy maqsadlarini, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish choralarini, madaniy va ijtimoiy obektlar hamda atrof-muhitning qulay ekologik holatini saqlash bilan bog‘liq cheklovlarni belgilaydigan Toshkent shahrida hududlar kesimida investitsiya muhitini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek, konsepsiyaning natijadorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni;

mas'ul shaxslar va moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda investorlarni aeroportlar, vokzallar, tashrif buyurish obektlarida kutib olish, kuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish, ularni zarur transport va texnika vositalari bilan ta'minlash tartibini ishlab chiqadi;

b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari faoliyatini jadallashtirish, bo‘sh turgan yer uchastkalaridan maqbul tarzda foydalanish, ular negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, zarur hollarda Toshkent viloyatining Toshkent shahri Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlariga tutash hududlarida Toshkent shahrining yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun har birining maydoni 20 gektardan kam bo‘lmagan yer uchastkalari ajratishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

v) bir oy muddatda Toshkent shahar va tumanlari hokimlarining, shuningdek, ular o‘rinbosarlarining salohiyatli investorlarni jalb etish, xorijiy hamkorlarga investitsiya salohiyati va biznes yuritish shartlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yetkazish uchun uchrashuv va muzokaralar, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga safarlarning kalendar rejasini ishlab chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid