Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya TIV rahbariga Putinni o‘z to‘yiga chaqirgani uchun iste'foga chiqish taklif etildi
Yevroparlamentning Avstriyadan a'zosi, «Yashillar - Yevropa erkin ittifoqi» fraksiyasidan deputat Mishel Reymon Avstriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Karin Knayssldan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z to‘yiga taklif qilganligi sababli iste'foga chiqishni so‘radi. Bu siyosatchi tvitterda yozgan.
Reymonning fikricha, Rossiya prezidentining Avstriyadagi yuqori martabali amaldorning to‘yiga taklif qilinishi mamlakat obro‘siga tashqi siyosiy zarar yetkazishi mumkin.
«Feruza-ko‘k (koalitsion) hukumat Rossiya rejimining Yevropa ittifoqidagi uzatilgan qo‘li sifatida qabul qilinadi va mamlakatimizning obro‘siga yomon ta'sir qiladi. Bu nafaqat Avstriyaning, balki Yevropaning muammosi. Buning uchun tashqi ishlar vaziri [Karin] Knayssl javob beradi hamda Avstriyaga zarar yetkazilishining oldini olish uchun zudlik bilan iste'foga chiqishi kerak. Agar u o‘z ixtiyori bilan bu ishni qilmasa, federal kansler prezidentga uni ishdan bo‘shatilishi haqida bugun taklif bilan chiqishi kerak», - deb yozadi Reymon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya tashqi ishlar vazirining to‘yi birinchi navbatda shaxsiy bayramdir, shuning uchun bu voqea Avstriyaning tashqi siyosatiga ta'sir ko‘rsatmasligi kerak.
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026